МАТЕМАТИКА - ОСНОВА ВСЕХ ТОЧНЫХ НАУК. РЕБЕНОК, ХОРОШО ЗНАЮЩИЙ ЭТУ НАУКУ, ВЫРАСТАЕТ УМНЫМ, С ШИРОКИМ КРУГОЗОРОМ. УСПЕШНО СМОЖЕТ РАБОТАТЬ В ЛЮБОЙ СФЕРЕ.
ТОТ, КТО НЕ ЗНАЕТ МАТЕМАТИКИ, НЕ ЗНАЕТ ИСТИНЫ. ТОТ, КТО ЭТОГО НЕ ПОНИМАЕТ, ЖИВЕТ ВО ТЬМЕ.
ОСНОВНАЯ ЗАДАЧА МАТЕМАТИКИ - НАЙТИ ПОРЯДОК, СКРЫТЫЙ В ОКРУЖАЮЩЕМ НАС ХАОСЕ.
ISROILOV MA’RUF ISROILOVICH
(27.04.1934-29.08.2010)
Isroilov Ma’ruf Isroilovich – atoqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi sohalarida yirik mutaxassis.
Uning keng ko‘lamdagi ilmiy ishlari mamlakatimiz hamda chet el mutaxassislari tomonidan tan olingan. U O‘zbekistonda sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi ilmiy maktablarining tashkilotchi va rahbarlaridan biridir.
Isroilov Ma’ruf Isroilovich 1934 yilning 27 aprelida Samarqand shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. U 1951 yil Samarqandagi 16-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, o‘sha yili A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi va 1956 yilda universitetni muvaffaqiyatli tugatadi.
U 1958-1961 yillarda O‘zFA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida professor N.I.Romanov rahbarligida aspiranturada o‘qidi. Ma’ruf Isroilov 1966 yilda “Hadlari tez o‘suvchi yig‘indilar uchun Tarri muammosi va uning ergodik yig‘indilarga tadbiqi” mavzusidagi nomzodlik dissetatsiyasini, 1986 yilda esa “Hadlarining miqdori o‘suvchi bo‘lgan additiv masalalar uchun asimtotik va aniq formulalar” mavzusida doktorlik dissetatsiyasini yoqladi. 1974 yilda “Katta ilmiy xodim” unvoniga, 1979 va 1989 yillarda esa “Hisoblash matematikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent va professor unvonlariga sazovor bo‘ldi.
M.I. Isroilov aspiranturani tugatganidan keyin O‘zFA Matematika institutining Hisoblash markazida kichik ilmiy xodim, 1976 yildan 1984 yilgacha O‘zFA Kibernetika institutida “Integrallarni taqribiy hisoblash nazariyasi” laboratoriyasining mudiri, 1984 yildan 1995 yilgacha O‘zFA Matematika institutida “Hisoblash metodlari” bo‘limi mudiri, 1995 yildan esa SamDU “Hisoblash matematikasi” kafedrasining mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordi.
Uning ilmiy izlanish sohalari keng qamrovlidir. Jumladan, Gilbert fazolarida arifmetik xarakteriga ega bo‘lgan umumiy ortogonal va biortogonal tizimlar qurish, additiv masalalar, Diofant tenlamalarining har xil sinflari uchun yechimlar sonini topish, trigonometrik yig‘indilarni baholash, turli funsional fazolarda optimal kvadratur va kubatur formulalar qurish, regulyar va singulyar yadroli integral tenglamalarni taqribiy yechish sohalaridagi chuqur izlanishlari orqali sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasiga muhim hissa qo‘shdi.
Respublikamizning yirik oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida ishlagan chog‘ida M.I.Isroilov o‘nlab shogirdlar tayyorladi va ular bunungi kunda respublika iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda ishlab kelmoqdalar. M.I.Isroilov magistrantlar, aspirantlar va doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan. M.Isroilovning bevosita rahbarligida 10 tadan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. U uchta doktorlik dissertatsiyalarining himoya qilinishida ko‘maklashgan.
Ma’ruf Isroilovich Isroilov 2010 yil 29 avgustda Toshkent shahrida olamdan o‘tdilar.
Ustozning yorqin xotiralari doimo yodimizda saqlanib qoladi.
Matematika instituti
Hisoblash matematikasi laboratoriyasi
tomonidan tayyorlandi