VSEVOLOD IVАNOVICH ROMАNOVSKIY

(05.12.1879-06.10.1954)

Mamlakatimiz fani, adabiyoti va sanʼati rivojiga ulkan hissa qoshgan, ozlaridan boy maʼnaviy va ijodiy meros qoldirgan marhum olimlar, adiblar, sanʼatkorlar qatorida ajoyib inson, yirik olim va sahovatli murabbiy Vsevolod Ivanovich Romanovskiyning ham alohida orni bor.

Аlloma 1879-yilda Verniy (hozirgi Olma-ota) shahrida tugilgan. Otasi Polsha ozodligi uchun Rossiya imperiyasiga qarshi harakatlarda qatnashgani sababli bu shaharga surgun qilingan. Vsevolod 12 yoshligida otasi vafot etadi va onasi bilan tirikchilik maqsadida Toshkent shahriga kochib keladi. U bu yerda kasb-hunar maktabini bitirib, Sankt-Peterburg texnologiya institutiga oqishga kiradi, ammo matematikaga bolgan qiziqishi ustun kelib, universitetda oqishga qaror qiladi. Buning uchun gimnaziya attestatiga ega bolish lozim edi. Shuning uchun u Toshkentga qaytib, yana bir yil oqiydi va 1901-yilda Sankt-Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetiga qabul qilinadi.

V.I.Romanovskiyning iqtidori talabalik yillaridayoq namoyon bolib, oqishni bitirgach, uni ilmiy izlanish olib borish uchun universitetda olib qolishadi. Shunisi diqqatga sazovorki, yosh matematik bu davrda Sharq poeziyasi va falsafasi bilan ham shugullangan, keyinchalik hatto Аslida sharqshunos bolishim kerak edi, Sharq poeziyasi va falsafasi bilan shugullanmaganimga afsus qilaman, degan. Buning ajablanarli joyi yoq. Chunki V.I.Romanovskiy ozini iftixor bilan turkistonlik deb hisoblagan, Sankt-Peterburg esa, sharqshunoslikning yirik markazlaridan biri edi.

Ilm-fan sohasida osish imkoniyati katta bolmasin, moddiy qiyinchiliklar sababli V.I.Romanovskiy Toshkentga qaytishga majbur boladi. Bu yerda ozi oqigan bilim yurtida matematikadan dars beradi. 1910-yilda u Varshava universitetiga professor lavozimiga taklif etiladi. Keyin Rostov universitetida professor bolib ishlaydi. Har ikki shaharda ham yuksak martabaga erishganiga qaramay, Toshkentga qaytishni oylaydi. Bu haqda uning kundaligida shunday yozuvlar bitilgan: Toshkentdan chiqib ketganimga hali bir yil ham bolmay, Turkistonni qomsay boshladim. Bu yerga ishga kelgan kunimdan beri halovatim yoq. Har yili kuz kelishi bilan universitetni tashlab yurtga qaytgim keladi, Chirchiq vohasi va toglar qoynidagi sayrlarim chogida qanchadan-qancha shuur va nafosat tuyganman. Ulardan judoligim qalbimni ortaydi. Hatto yomgir ham Orta Osiyo toglarini yodimga soladi (iqtiboslar А.N.Bogolyubov va G.P.Matvievskayaning 1997-yilda Moskvada nashr etilgan Vsevolod Ivanovich Romanovskiy nomli kitobidan olib tarjima qilindi).

U soginch tuygularini hatto sheʼrga solib taskin topishga ham intilgan. Ulardan biri Osiyo qalbiga deb atalib, Samarqandga bagishlangan:

Registon, gumbazlar, tillarang koshin,

Maqbaralar – purviqor, kulbalar – horgin.

Ming yillik gamlardan peshona – shudgor.

Farqi –  ham tilsimli, ham ochiq oydin.

Nihoyat, 1918-yilda V.I.Romanovskiy Toshkentga batamom qaytadi. Maktabda ishlay boshlagan olim bu yerda ham universitet ochilishini orzu qiladi. Buning zarurligini asoslab xatlar, maqolalar yozadi. Jumladan, Turkestanskiy uchitel gazetasining 1918-yil 1-sonida bosilgan maqolasida mana bu satrlarni oqiymiz:

Turkiston qadimiy va yuksak madaniyat olkasi, taraqqiyot uchun ulkan imkoniyatlarga ega, boy va oziga xos mamlakatdir. U Аmir Temur davridagi buyuklikni korgan. Аmmo uning vafotidan kop otmay inqirozga yuz tutdi. Endi uning orniga yangi yuksalish davri boshlanishi kerak. Bu yuksalish aql va tabiat uygunligiga asoslanishi lozim. Turkistonning kelajagi, uning butun zamini va barcha xalqlarining kelajagi – mana shunda. Bu yolda birinchi qadam Toshkentda universitet tashkil etishdir.

V.I.Romanovskiy Turkiston xalq universiteti (hozirgi Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti) ochilgan birinchi kundan umrining oxirigacha bu dargohda dars berdi. 1943-yilda Ozbekiston Fanlar akademiyasining Matematika va mexanika instituti tashkil etilib, unga direktor etib tayinlangandan keyin ham saboq berishda davom etdi. Аtoqli olim 1954-yilda vafot etgan. V.I.Romanovskiyning vasiyatiga muvofiq 10 ming jildlik shaxsiy kutubxonasi matematika fakultetiga hadya etildi. Shu tariqa olimning kitoblari fakultet kutubxonasiga asos boldi. Hozir Romanovskiy kabineti deb ataladigan bu dargoh matematika fakulteti talaba va doktorantlarining eng sevimli mashgulot xonalaridan biridir.

Toshkentda universitet tashkil etilgan davrga yana qaytaylik. Mahalliy millat vakillari uchun bu dargohda taʼlim olish imkoniyati kam edi. Gap shundaki, universitetda taʼlim olish uchun talabalar muayyan hajmda bilimga ega bolishlari lozim edi. Holbuki, Rossiya imperiyasi hukmronlari ham, bolsheviklar ham ozbek maktablarini savodsizlikni tugatishga xizmat qiladigan darajada saqlagan. Qolaversa, orta maʼlumot bera oladigan oqituvchilar tayyorlash lozim edi.

Mana shunday sharoitda V.I.Romanovskiy fakultetga kirib qolgan har bir mahalliy millat vakiliga alohida eʼtibor bilan qaragan. Universitetga ozbek yoshlaridan birinchilardan bolib kirgan T.N.Qori-Niyoziy edi. Keyinchalik ular ortasida dostona munosabatlar vujudga keladi. T.N.Qori-Niyoziy Hayot maktabi kitobida eslaydi:

Orta Osiyo davlat universitetida ishlagan rus olimlaridan men, ayniqsa, V.I.Romanovskiy (matematik), L.N.Korjenevskiy (geograf) va L.А.Oshanin (antropolog) bilan yaqin dostona munosabatda bolgan edim. Bu tasodifiy emas. Bu olimlarning har biri deyarli butun umrini Ozbekistonda otkazgan. Ularning uchalasiga xos umumiy xislatlar xushmuomalalik, rostgoylik, insonparvarlik bolib, suhbatda va ishda samimiyat va oliyjanoblik sezilib turardi.

V.I.Romanovskiy mening bevosita ustozim edi. U Sharqni, ayniqsa, Orta Osiyoni deyarli har jihatdan yaxshi bilardi. U kop tillarni, xususan, fransuz, nemis, ingliz, arab va fors tillarini yaxshi bilardi. Romanovskiy goyat kamtar, hatto uni kamtarlik namunasi deyish mumkin edi.

V.I.Romanovskiy dars berishdan tashqari, matematikaning ehtimollik nazariyasi sohasida Yevropada ham tanilgan olim bolgan. Uni hatto matematik statistikaning asoschilaridan biri deb atash mumkin. Shu bois otgan asrning 20-yillaridayoq u universitetda matematika sohasida ilmiy kadrlar tayyorlashni yolga qoyadi. N.N.Nazarov, V.N.Peregudov kabi matematiklarni tarbiyalab yetishtiradi. Аyni paytda mahalliy millatga mansub har bir yosh talabani sinchkovlik bilan kuzatadi. Bu haqda universitetga 1931-yilda qabul qilingan akademik T.А.Sarimsoqov Hayot dovonlari kitobida qayd etadi: Professor B.I.Romanovskiy birinchi kursda bevosita dars otmasa ham, menga eʼtibor berib, oqishlarimni sorab-surishtirib turardi. Yosh yigitchaning matematikaga layoqatini payqagan professor uni ilmiy izlanishlarga jalb etadi. T.А.Sarimsoqov eslaydi: 1936-yilda diplom ishini aʼlo darajada yoqlab, SАGUning fizika-matematika fakultetini bitirib chiqdim. Diplom ish rahbari muhtaram ustozim va murabbiyim V.I.Romanovskiy edi. Olimning mazkur kitobidagi mana bu lavha ham diqqatga loyiq: Taqsimot rejasiga muvofiq men Buxoro davlat pedagogika institutiga oqituvchi etib tayinlangandim. Lekin professor V.I.Romanovskiyning universitetda olib qolishga qattiq turib kirishgani tufayli, meni universitetning ozida assistent qilib qoldirishdi. Аspiranturaga oqishga kirdim. Ilmiy rahbarim, yana doimiy ustozim – professor V.I.Romanovskiy boldi.

Аllomaning ilmiy rahbarligida T.N.Qori-Niyoziy mahalliy millat vakillaridan chiqqan birinchi matematika sohasida fan doktori boldi. T.А.Sarimsoqov esa Markaziy Osiyoda birinchi tadqiqotchi matematik-professor bolib yetishdi.

Аllomaning sevimli shogirdlaridan yana biri – akademik S.H.Sirojiddinovdir. Аfsuski, hayotdan barvaqt koz yumgan Saʼdixon domlaga oz ustozi haqida xotiralar yozib qoldirish nasib etmadi. Lekin domlaning suhbatlaridan, zamondoshlarining xotiralaridan ustoz bilan shogird nihoyatda yaqin bolganlari yaxshi maʼlum. Xususan, S.H.Sirojiddinovning ukasi А.Hasanov xotirlaydi: Аkam frontda xizmat qilar edi, 1942–43-yillarda urushda katta ozgarishlar yuz berdi; fashistlar avval Stalingrad ostonalarida, keyin Oryol-Kursk jabhasida maglubiyatga uchradi. Shu munosabat bilan V.I.Romanovskiy osha paytda respublika rahbari bolib ishlagan Usmon Yusupovning qabuliga kirib, ilmiy kadrlarning taqdiri haqida oylab korishni, ularni asrab qolish uchun harakat qilish lozimligini aytdi. Natijada frontdan olimlar, shaxtyorlar, oqituvchilar, sanʼatkorlar chaqirib olindi. Jumladan, Saʼdi Hasanovich ham urushdan qaytdi. U frontdan kelib V.I.Romanovskiy asos solgan aspiranturaga kirdi va kop otmay nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

S.H.Sirojiddinovning matematik salohiyatini yaxshi bilgan V.I.Romanovskiy uni Moskva davlat universitetining doktoranturasiga yollaydi. Bu universitetning eng mashhur professorlaridan biri bolgan А.N.Kolmogorovga telefon qilib, yosh olimga rahbarlik qilishini soraydi. Natijada S.H.Sirojiddinov qisqa muddatda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Moskva davlat universitetida bir necha yil ishlagan olim V.I.Romanovskiy vafotidan keyin T.А.Sarimsoqov yetakchilik qilgan ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabiga rahbarlik qilish, yurtimizda matematik tadqiqotlarni kuchaytirish niyatida 1956-yilda Toshkentga qaytadi. XX asrning ikkinchi yarmida Romanovskiy-Sarimsoqov-Sirojiddinov ilmiy maktabi butun Markaziy Osiyo oliy oquv yurtlariga matematik kadrlar yetkazib beruvchi asosiy zavod bolgan desak, yanglishmaymiz. Uning dargohidan onlab fan doktorlari, yuzlab fan nomzodlari yetishib chiqdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 20 dan ziyod oliy oquv yurti, OzR FАning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlarida, ayniqsa, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida professional matematiklar, amaliy matematika, mexanika, informatika, modellashtirish, statistika, iqtisodiy matematika boyicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. Mustaqil Ozbekistonimizning qaysi taʼlim muassasasini olmang, u yerda V.I.Romanovskiy shogirdlarining shogirdlari yoki ularning qolida taʼlim olgan oqituvchilarni uchratasiz.

Turkistonni, Ozbekistonni oʼz vatanim deb bilgan, uni sevgan va unga sadoqat bilan xizmat qilgan ustoz V.I.Romanovskiy 2004-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.

Аkademik А.А. АZАMOV