FENOTIP FAZOLAR

A. Sa’dullayev

O’zMU Matematika fakulteti II kurs magistranti

Genotip va fenotip munosabatlari biologiyada muhim tushunchalar hisoblanadi. Genotip bu ichki kodlar, yani barcha tirik organizmlarda avloddan-avlodga o’tadigan ichki xususiyatlar bo’lsa, fenotip esa tashqi fiziologik xususiyatlardir. Masalan ko’zimizning rangini saqlovchi genlar genotip bo’lsa, uning o’lchamlarini  o’tkazuvchi genlar finotipdir. Ushbu maqolada biz fenotiplar to’plamida evolutsion yaqinlikni topologik jihatdan tushuntirib beramiz.

Biz fenotip fazolarni rebonuklen kislota (RNA) molekulalari misolida ko’rsatib beramiz. Rebonuklen kislotasi nukliotedlar deb ataluvchi kichik molekulalarning o’zaro bog’langan zanjiridan tashkil topgan. RNA da to’rt xil nukliotedlar bor. Bular: guanin(G), sytozen(C), adinen(A) va urasil(U) lardir. Bu nukliotedlar zanjirini quyidagi chizmada ko’rishimiz mumkin:

Biz  yuqoridagi chizmada aynan bir turdagi bog’lanishni ko’rsatdik. Lekin umuman olganda bu bog’lanish zanjiri turlicha bo’lishi mumkin. Bu bog’lanishdagi ketma-ketliklarni biz genotip ketma-ketliklar deb ataymiz. RNA ning shakli ham genotip ketma-ketlikka bog’liq bo’lib turlicha bo’lishi ham mumkin. Har qanday genotip ketma-ketlik o’zining RNA shakliga ega, ammo ularning hammasi ham turlicha emas. Ya’ni ba’zi genotip ketma-ketliklarning RNA shakli bir xil bo’lishi ham mumkin. Bir turdagi s RNA shaklini hosil qilgan barcha genotip ketma-ketliklar to’plamini biz s ning neytral to’ri deb ataymiz va uni \(N(s)\) bilan belgilaymiz.

 Osonlik uchun faqatgina guanin(G) va sytozen(C) dan tashkil topgan 10 o’rin(yacheka)li genotip ketma-ketlikni qaraylik. Bilamizki bunday ketma-ketliklar soni \(2^{10}=1024\) ta bo’ladi. Bu ketma-ketliklar bog’lanishiga qarab 8 turdagi RNA shaklini hosil qilar ekan. Bu RNA shakllarining to’plamini biz \(GC_{10}\) bilan belgilaylik. Quyidagi chizmada RNA shakllari har bir  s shaklni hosil qiluvchi genotip ketma-ketliklar soni (ya’ni har bir uchun \(N(s)\) ning o’lchami) bilan berilgan:

Batafsil