OʼLChOVLI OPERАTORLАR АLGEBRАLАRIDА DIFFERENSIАLLАSHLАR
BER АLEKSEY FELIKSOVICH
Fan doktori
2019
Ma’lumot sohasi
Oliy ta’lim, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oʼlchovli funksiyalar algebrasida noldan farqli differensiallashning mavjud boʼlishi uchun mezonlar topilgan hamda oʼlchovli funksiyalar algebrasidagi barcha differensiallashlar fazosi tasniflangan;
aniq normal yarim-chekliga ega boʼlgan xos cheksiz fon Neyman algebrasiga biriktirilgan oʼlchovli operatorlar (izga nisbatan) algebrasidagi ixtiyoriy differensiallash, oʼlchovli yaqinlashish topologiyasiga nisbatan uzluksiz ekanligi isbotlangan;
xos cheksiz fon Neyman algebrasiga biriktirilgan lokal oʼlchovli operatorlar algebrasidagi ixtiyoriy differensiallash, lokal oʼlchovli yaqinlashish topologiyasiga nisbatan uzluksiz ekanligi isbotlangan;
barcha lokal oʼlchovli operatorlar algebrasini oʼzining qism-algebrasida berilgan ixtiyoriy differensiallash butun algebradagi differensiallashgacha yagona ravishda davom ettirilishi isbotlangan;
izga nisbatan oʼlchovli operatorlar algebrasining ixtiyoriy uzluksiz differensiallashishi ichki ekanligi isbotlangan;
lokal oʼlchovli operatorlar algebrasining ixtiyoriy uzluksiz differensiallashishi ichki ekanligi isbotlangan;
fon Neyman algebrasini lokal oʼlchovli operatorlarning Banax bimoduliga akslantiruvchi ixtiyoriy differensiallash ichki ekanligi isbotlangan.