MATEMATIKA HAMMA ANIQ FANLARGA ASOS. BU FANNI YAXSHI BILGAN BOLA AQLLI, KENG TAFAKKURLI BO‘LIB O‘SADI, ISTALGAN SOHADA MUVAFFAQIYATLI ISHLAB KETADI.
KIM MATEMATIKANI BILMASA, HAQIQATNI BILMAYDI. KIM UNI TUSHUNMASA ZULMATDA YASHAYDI.
MATEMATIKANING ASOSIY VAZIFASI BIZNI O’RAB TURGAN TARTIBSIZLIKLARDA YASHIRINGAN TARTIBNI TOPISHDAN IBORAT.
ABDIREYMOV ARISLANBAY RUSTEM O‘G‘LI
1998-yil 1-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumanida tug‘ilgan.
2005-yil Nukus tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. O‘qish mobaynida bir necha bor maktab va tuman bosqichi olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2017-yili Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakulteti talabasi.
2019-yilda Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti mezbonlik qilgan Xalqaro Sibir olimpiadasi (SMC) ishtirokchisi.
2020-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari orasida o‘tkazilgan Respublika onlayn olimpiadasida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.
2021-yili “Ulug‘bek” davlat stependiyasi sohibi.
2021-yili Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti.