МАТЕМАТИКА - ОСНОВА ВСЕХ ТОЧНЫХ НАУК. РЕБЕНОК, ХОРОШО ЗНАЮЩИЙ ЭТУ НАУКУ, ВЫРАСТАЕТ УМНЫМ, С ШИРОКИМ КРУГОЗОРОМ. УСПЕШНО СМОЖЕТ РАБОТАТЬ В ЛЮБОЙ СФЕРЕ.
ТОТ, КТО НЕ ЗНАЕТ МАТЕМАТИКИ, НЕ ЗНАЕТ ИСТИНЫ. ТОТ, КТО ЭТОГО НЕ ПОНИМАЕТ, ЖИВЕТ ВО ТЬМЕ.
ОСНОВНАЯ ЗАДАЧА МАТЕМАТИКИ - НАЙТИ ПОРЯДОК, СКРЫТЫЙ В ОКРУЖАЮЩЕМ НАС ХАОСЕ.
IMOMOV JASURBEK AXRORJON O‘G‘LI
Imomov Jasurbek Axrorjon o‘g‘li, 2000-yil 24-avgustda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat va respublika olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2007-yil Buvayda tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. 2011-yil esa Buvayda tumanidagi 2-sonli viloyat ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internatida o‘qishni davom ettirgan.
2012-2013-o‘quv yilida 6-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” musobaqasining tuman bosqichida 1-o‘rinni, viloyat bosqichida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2014-yil 14 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida Janubiy Koreada o‘tkazilgan Xalqaro Matematika Musobaqasining (IMC) yakka tartibdagi bellashuvida kumush medal va jamoviy tartibdagi bellashuvida 2-darajali medalni qo‘lga kiritgan.
2016-2017-o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi Qorako‘l akademik litseyiga qabul qilingan.
2018-yilda Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Jautikov Olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan. Shu yili Ruminiyada o‘tkazilgan 59-Xalqaro Matematika Olimpiadasida (IMO) diplomga sazovor bo‘lgan.
2019-yil Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Jautikov Olimpiadasida kumush medal va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan 60-Xalqaro Matematika Olimpiadasida (IMO) bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
2019-yilda imtiyozli asosda O‘zbekiston milliy universitetining matematika fakultetiga qabul qilingan.
O‘sha yili talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Sibir matematika olimpiadasi”da 1-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgan.
2020-yilda universitet talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan 27-Xalqaro Matematika Musobaqasida (IMC) kumush medal sovrindori bo‘lgan.
2020-yil Prezident tomonidan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
2021-yil universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan 28-Xalqaro Matematika Musobaqasida (IMC) oltin medal sovrindori bo‘lgan.
O‘zbekiston milliy universiteti, Matematika fakulteti, Matematika yo‘nalishining 3-bosqich talabasi hisoblanadi.