SIROJIDDINOV SAʼDI HASANOVICH
(10.05.1920-29.04.1988)

Аkademik, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sirojiddinov Saʼdi Hasanovich hayoti va faoliyati

Sirojiddinov Saʼdi Hasanovich – atoqli matematik olim, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Davlat mukofotlari laureati.                                            

Saʼdi Hasanovich Sirojiddinov 1920-yilning 10-mayida Qoqon shahrida tugilgan. 1942-yilda Orta Osiyo davlat universitetini (hozirgi Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti) imtiyozli diplom bilan tugatgan. Osha yili u faol harbiy xizmatga chaqirilgan. 1944-yilda Saʼdi Hasanovich aspiranturaga oqishga kirdi va 1947-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (uning ilmiy rahbari akademik V.I.Romanovskiy bolib, Saʼdi Hasanovichning olim va shaxs sifatida shakllanishiga katta hissa qoshgan). 1949–1952-yillarda Saʼdi Hasanovich Moskvadagi V.А.Steklov nomidagi Matematika institutida XX asrning taniqli matematigi, akademik Аndrey Nikolaevich Kolmogorov rahbarligida doktoranturada oqidi va 1953-yili osha institutda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiya himoyasidan song ustozi А.N.Kolmogorov tavsiyasiga binoan Saʼdi Hasanovich 1953–1956-yillarda Moskva davlat universitetida professor bolib ishlagan. 1957-yili Toshkentga qaytib kelgach, Saʼdi Hasanovich Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika institutining direktori (1957-1966) etib tayinlandi. U 1956-yilda Ozbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib, 1966-yilda esa Ozbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi. Аkademik S.H.Sirojiddinov Toshkent davlat universitetining Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasini 1958–1988-yillarda boshqargan, Toshkent davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan (1966-1971 va 1983–1987-yillarda), shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1971-1983) lavozimida ishlagan.

S.H.Sirojiddinov ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, matematik tahlil, Orta Osiyodagi matematika tarixi, qisqasi Ozbekistonda matematikaning deyarli barcha sohalarini rivojlantirishga katta hissa qoshdi.

S.H.Sirojiddinovning tashabbusi va yordami bilan koplab yosh olimlar Moskva, Leningrad (hozirgi S.Peterburg), Novosibirsk, Kievdagi ilmiy institutlar va oliy oquv yurtlariga amaliyot otash yoki aspiranturada oqish uchun yuborilgan, bu esa ilmiy tadqiqotlar kolamini kengaytirishga va yangi ilmiy yonalishlarga chiqishga imkon berdi.

S.H.Sirojiddinovning roli haqida gapirganda uning Ozbekistonda matematikani rivojlantirishda maktab matematikasiga bolgan gamxorligini esga olmasdan bolmaydi. U matematik fanlar binosining poydevori maktab matematikasida yotganligini chuqur angladi. 1962-yildan boshlab har yili Ozbekistonda otkaziladigan Respublika matematika olimpiadalarini otkazilishiga asos soldi.

S.H.Sirojiddinov Orta Osiyo respublikalaridagi koplab matematiklarning shakllanishiga ijobiy taʼsir korsatdi. Uning taʼsiri ostida osgan olimlar doirasi juda keng bolib, uning bevosita rahbarligi ostida 10 nafardan ortiq fan doktori va 40 nafardan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi.

S.H.Sirojiddinov boshchiligidagi matematiklarning erishgan yutuqlarini dunyo olimlari tomonidan eʼtirof etilishi Toshkentda otkazilgan ehtimollar nazariyasi boyicha Sovet-Yaponiya simpoziumi (1975) va Bernulli matematik statistika va ehtimollar nazariyasi jamiyatining birinchi Jahon kongressi (1986) boldi. Bunday katta kongressni muvaffaqiyatli otkazishga S.H.Sirojiddinov umrining songgi yillarini bagishladi. Uning ilmiy va tashkiliy faoliyatida anʼanaviy Fargona Kollokviumi deb nomlangan ehtimolliklar nazariyasining limit teoremalari va ularning tadbiqlari boyicha konferensiyalar alohida orin egallaydi. Fargona kollokviumi 1962, 1972, 1983-yillarda Saʼdi Hasanovichning hayotlik paytida otkazilgan va ular ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika sohasidagi mutaxassislar orasida muhim voqealarga aylangan. 1995, 2005, 2011 va 2015-yillarda bolib otgan navbatdagi tortta kollokvium S.H.Sirojiddinovning xotirasiga bagishlandi. Saʼdi Hasanovich onlab xalqaro ilmiy konferensiyalar va eng yuqori darajadagi simpoziumlarning tashkiliy qomitasi aʼzosi bolgan va maʼruzalar bilan qatnashgan. Ular orasida: Xalqaro statistika institutining yigilishi (1957, Gaaga, Gollandiya), Xalqaro matematiklar kongressi (1958, Edinburg, Shotlandiya), Vaqt qatorlarini organish boyicha simpozium (1962, Provans, АQSh), Xalqaro statistika instituti (1966, Gaaga, Gollandiya), Matematiklarning xalqaro kongressi (1966, Moskva), Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasining simpoziumi (1970, Kanada; 1975, Kanada; 1985, АQSh), Ehtimollar nazariyasi boyicha II Yaponiya-Sovet simpoziumi (1972, Kioto, Yaponiya), ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaga oid xalqaro konferensiyalar (1973, 1977, 1981, 1981, Vilnyus, Litva), Yevropa statistiklarining uchrashuvi (1981, Varshava, Polsha), Ehtimollar nazariyasi boyicha Yaponiya-Sovet simpoziumi (1986, Tokio, Yaponiya) va boshqalar. U koplab xorijiy universitetlarda (Hindiston, Chexoslovakiya, Shvetsiya, Germaniya va boshqalar) maʼruzalar qilish uchun taklif qilingan.

S.H.Sirojiddinovning ilmiy yutuqlari eʼtirof etilishiga uning xalqaro Statistika instituti (Gaaga, 1966) va Moskva matematiklar jamiyatiga (1956) aʼzo etib saylanishi, unga А.R.Beruniy (1973) nomidagi davlat mukofotining berilishi va Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan fan arbobi faxriy unvonining berilishi (1970), shuningdek bir qator xorijiy universitetlarning faxriy doktori etib saylanishi misol boladi.

Matematika fanini rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashdagi ulkan yutuqlari, shuningdek samarali ijtimoiy faoliyati uchun hayotlik davomida S.H.Sirojiddinov eng yuqori davlat mukofotlari, koplab orden va medallar bilan taqdirlangan. 2002-yilda (vafotidan keyin) Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

Fizika-matematika fanlari doktori, professor Yo.M.Xusanboev