TOSHMUHАMMАD NIYOZOVICH QORI-NIYOZIY

(02.09.1897 – 17.03.1970)

T.N.Qori-Niyoziy atoqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik, Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi, Mehnat qahramoni, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati.

U matematika fani va Ozbekiston oliy taʼlimining rivojlanishida samarali pedagogik faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari bilan ulkan hissa qoshgan olimlardan biridir.

T.N.Qori-Niyozov 1897-yilda Xojand shahrida kosib oilasida tugilgan. Uning mehnat faoliyati erta boshlangan, 1916-yilda Fargona shahridagi rus-tuzem maktabini tamomlab, shu maktabda oqituvchi sifatida faoliyatini boshlagan. U Qoqon pedagogika texnikumining tashkil etilishida faol ishtirok etgan va 1920–1925-yillarda shu texnikumni boshqargan.

U ozbeklar orasida Orta Osiyo davlat universiteti, fizika-matematika fakultetiga birinchilardan bolib oqishga kirdi va 1930-yili oqishni muvaffaqiyatli tugatdi. 1931-yildan 1933-yilgacha shu universitetning rektori lavozimida ishladi. Qori-Niyoziyga ozbeklardan birinchi bolib 1931-yili professor unvoni berildi, 1939-yilda esa fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi. 1939–1943-yillar davomida T.N.Qori-Niyoziy kirill yozuviga asoslangan yangi ozbek alifbosini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va bu alifbo Ozbekiston jamoatchiligiga, madaniy-maʼrifiy va ijtimoiy hayotiga muvaffaqiyatli joriy etildi. 1946-yildan boshlab T.N.Qori-Niyoziy doimiy ravishda Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Oliy matematika kafedrasi mudiri bolib ishladi.

T.N.Qori-Niyoziy ozbek matematika terminologiyasi, oliy va orta oquv muassasalari uchun matematik adabiyotlar asoschisi hamda fan tarixi boyicha yirik mutaxassis hisoblanadi. Uning uch yuzdan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan, jumladan, fan sohasida olamshumul kashfiyot sifatida chuqur tan olingan Ulugbekning astronomiya maktabi monografiyasi 1952-yilda davlat mukofotiga sazovor boldi. Bundan tashqari, 1937-yilda Аnalitik geometriya asoslari  va 3 tomlik Matematik analiz asosiy kurslari nomli kitoblari nashr etildi.  Uning rahbarligida 7 nafar fan doktori va 100 dan ortiq fan nomzodlari dissertatsiyalari muvafaqqiyatli himoya qilindi.

1937–1940-yillarda T.N.Qori-Niyoziy Ozbekiston Fanlar qomitasi prezidiumining raisi, Ozbekistondagi SSSR Fanlar akademiyasi filiali raisi bolgan. 1939–1943-yillarda Ozbekiston Xalq Komissarlari Komiteti raisining fan, madaniyat va sanʼat boyicha muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1943-yilda Ozbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilib, OzR FА akademikligiga birinchilardan bolib saylangan va 1943–1947-yillarda Ozbekiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti bolgan.

U Ozbekiston tarixiy obidalar va madaniyatini himoya qilish jamiyati prezidiumining raisi muovini, Xalq universitetlari Respublika Kengashi raisi, Fan va turmush jurnali muharriri va bir qator ilmiy jamoatchilik kengashlari va jamiyatlar aʼzosi bolgan.

T.N.Qori-Niyoziy kop xalqaro kongresslar va simpoziumlarda ishtirok etgan, 1954-yilda Xalqaro astronomik jamiyati aʼzosi, 1968-yilda Fanlar tarixi boyicha 12-Xalqaro kongressi Bosh Аssambleyasi aʼzosi etib saylangan. U hamkorlik yuzasidan Yaponiya, Hindiston, Italiya, Bolgariya, Аfgoniston va boshqa koplab chet davlatlarida ilmiy safarlarda bolgan.

T.N.Qori-Niyoziyni Ozbekiston ziyolilari oqsoqoli deb atashadi. Butun umrini ilm va madaniyatni rivojlantirishga bagishlagan, jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasiga kop kuch va quvvat sarflagan ustozimiz Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1970-yilning 17-mart kuni 73 yoshida vafot etadi.

Buyuk olim haqidagi xotiralar hamisha bizning yuragimizda saqlanib qoladi.