Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti matematika oqitish metodikasi bakalavr ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi SAERA BARLIKBAEVA JETKERBAEVNA

 

Talaba Barlikbaeva Saera Jetkerbaevna 2018-yildan buyon Fizika-matematika fakulteti matematika o‘qitish metodikasi bakalavr ta‘lim yo‘nalishida grant asosida o‘qib kelmoqda.U 1-bosqichdan boshlab ilmiy tadqiqot ishlariga qiziqishi bilan ko‘zga tushdi. Hozirda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent  B.Prenov boshchiligida “Matematika fanini masofadan o‘qitishdagi bugungi kun muammolari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugungi kunda uning 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xalqaro jurnal va konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi.

2020-2021 o‘quv yilida institutimiz talabalari uchun ta‘sis etilgan “Ajiniyoz stipendiyasi” g‘olibasi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko’kirak nishoni egasi, MDH davlatlar ortasida “Eng yosh olim” ko’kirak belgisi sovrindori.

  Shu bilan birga, S.Barlikbaeva “YIL TALABASI-2019” Respublika tanlovining institut bosqichida “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi  talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rin, “YIL TALABASI-2020” Respublika tanlovining institut bosqichida esa “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi  talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi va “YIL TALABASI-2021” Respublika tanlovining institut bosqichida “Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin g’olibi.

2020-yil 23-fevral kuni Penza shahrida bo‘lib o‘tgan Научные труды молодых учёных Сборник статей всероссийской научно-практической” konferensiyasida “Current role and disadvantages of QR-Code technology” mavzusida  o‘z ilmiy ishi bilan qatnashib sovrinli II o‘rinni egalladi. Qozog‘iston Respublikasida Nur-Sulton shahrida “International scientific practical” konferentsiyasida “Zamonaviy ta‘limda masofaviy o‘qitishning ayrim muammolari haqidagi” ilmiy ishi bilan qatnashdi. Qozog‘iston Respublikasi “Damig‘an bilim-miqti memleket” nomli xalqaro ilmiy-tajribali internet konferensiyasida “Dars jarayonida interfoal metodlardan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari” mavzusidagi tezisi elektron shaklda, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Студенческий вестник научный журнал nomli jurnalida “Проблемы и перспективы использования электронных ресурсов в преподавании математике в средней школе” nomli maqolasi,  Indoneziya Respublikasida “International conference on world Science and Education case od Asia” nomli konferensiyasida “Interactive teaching methods on the example of the topic method of coordinates on a plane in the main school” tezislari chop etildi.

2021-yilning fevral oyida “Mental arifmetika” kursini yakunlab, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.  U fakultetimizning 1-bosqich talabalariga “Algebra va sonlar nazariyasi” fanidan ilmiy to‘garakni olib boradi.

Shu bilan birga, S.Barlikbaeva O‘zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasining Nukus davlat pedagogika instituti vakili hisoblanadi.

U ilmiy faoliyat bilan birgalikda keng jamoatchilik orasida milliy g‘oyani va davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng islohotlarni targ‘ibot qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu faoliyatining yakunlari bo‘yicha u 2020-yil Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Biz birgamiz” shiori ostidagi Volontyorlar forumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida “Yilning eng yaxshi volontyori” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlandi. O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi Volontyorlar maktabi mentori. «Bir manfatda emas, bir maqsad sari birlashaylik!” shiori ostida  birlashgan jamo “Oltin qanot” yosh volontyorlar harakati Qaraqalpog’iston Respublikasi yetakchisi.Yuksalish umumxalq harakati a’zosi.

U, O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan yoshlar konferensiyalarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. 2019 yil 31 may 2 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi modeli xalqaro “O’nlar ittifoqi”  konferensiyasida faol ishtirok etgani uchun maxsus sertifikat, 2019 yil 19-20 oktyabr kunlari oralig‘ida Samarqand shahrida Prezidentimizning Beshta muhim tashabbus doirasida bo‘lib o‘tgan “5T yoshlar forumi” da va 22-24 noyabr kunlari esa Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “National youth conference” konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi. 2020 yil 21 may kuni “Creative youth online” konferensiyasida qatnashib maxsus sertifikat va “The best article” nominatsiyasi g‘olibasi bo‘ldi. 2020 yil 27-28 iyul kunlari O‘zbekiston milliy universiteti tomonidan o‘tkazilgan “PSIXOLOGIYA SAMMITI”da faol ishtirok etganligi uchun xalqaro darajadagi sertifikat bilan taqdirlandi. 2020 yil 28 iyun kuni “Deputat” milliy onlayn forumida “The best article” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Amerika xalqaro jurnalida o‘z ilmiy ishini chop ettirdi. Yordamga muhtoj va kam ta‘minlangan oilalarga ko‘rsatgan yordami Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli karantin davrida va Muqqadas Ramozon oyida ko‘rsatgan amaliy ishlari uchun “Oltin qanot” yosh volontyorlari Toshkent shaxri Olmazor tumani bo‘limi tomonidan minnatdorchilik xati va diplom bilan taqdirlandi.

2020-yil 27 iyun kuni Mamlakatimiz yoshlarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan “YURT POSBONLARI” onlayn olimpiadasida qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi vazirligining maxsus sertifikati bilan taqdirlandi.

2020-yil 22 avgust kuni “7Avlod vakillari” sammitida tashkilotchi sifatida qatnashib “The Best Coordinator” nominatsiyasi g‘olibi bo'ldi va maxsus diplom bilan taqdirlandi.

2020-yil 19-21 avgust kunlari “Myhub” onlayn konferentsiyasida tashkilotchi sifatida qatnashib maxsus sertifikat va  25-27 avgust kunlari “Serqirra yoshlar online forumi”da hamkor sifatida taklif etilib maxsus tashakkurnoma va sertifikat bilan taqdirlandi.

2020-yil 9-10 sentyabr kunlari siyosiy partiyalar hamkorligida onlayn tarzda o‘tkazilgan “Believe in future” hayriya forumining bosh tashkilotchisi.

2020-yil karantin davrida fuqoralarning murojaatlarini qabul qilishda 1197 “CALL CENTER”da fidoiylik ko‘rsatganligi uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda “Oltin qanot” yosh volontyorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi etakchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

2020-yil 30 sentyabr kuni “Oltin qanot” yosh volontyorlari tomonidan “Eng faol yetakchi volontyor” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Joriy yilning, 5-10 may kunlari Toshkent shahrida Munozara debat klubining o'quv-seminariga qatnashib, Qaraqalpog‘iston Respublikasi Munozara klubi treneri etib tayinlandi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 2021 yil 7-9 iyun kunlari Xiva shahrida Munozara intellektual turnirining mintaqaviy bosqichida qatnashib jamosi bilan  1-o‘rinni egallab Respublika bosiqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va 2021 yil 23-27 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan respublika bosqichida faol qatnashib  yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandi.