SULAYMONOV ILYOSXO‘JA ABDIRASUL O‘G‘LI

2001-yil 22-fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
2008-yil Samarqand viloyati Ishtixon tumani 42-umum ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindi.
O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Jumladan, 2014-yil Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2017-2018-o‘quv yili mobaynida matematika fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida tuman bosiqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan va viloyat bosqichida 5-o‘rinni egallagan.
2018-2019-o‘quv yili mobaynida fizika fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-o‘rin, viloyat bosqichida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2019-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga bakalavr bosqichiga qabul qilindi.
Univeresitetda o‘qish davrida “The American journal of applied sciences”, “International journal of innovative research” jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari, 2019-2020 va 2020-2021 o‘quv yillarini a’lo baholar bilan tugatdi.