MATEMATIKA HAMMA ANIQ FANLARGA ASOS. BU FANNI YAXSHI BILGAN BOLA AQLLI, KENG TAFAKKURLI BO‘LIB O‘SADI, ISTALGAN SOHADA MUVAFFAQIYATLI ISHLAB KETADI.
KIM MATEMATIKANI BILMASA, HAQIQATNI BILMAYDI. KIM UNI TUSHUNMASA ZULMATDA YASHAYDI.
MATEMATIKANING ASOSIY VAZIFASI BIZNI O’RAB TURGAN TARTIBSIZLIKLARDA YASHIRINGAN TARTIBNI TOPISHDAN IBORAT.
SHOYIMARDONOV SOBIRJON KOMILJONOVICH
1990-yil 17-noyabrda Buxoro viloyati, Olot tumanida tug‘ilgan.
2007-yil Olot tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabni a'lo baholarga tamomlagan.
2008-yili O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabasi bo'lgan va 2012-yil imtiyozli diplomga tamomlagan.
2012-2014 yillarda O'zbekiston Milliy universiteti magistranti.
2014-2019 yillar Toshkent axborot texnologiyalar universiteti o'qituvchisi.
2016-yil mart-iyun oylarida J.Koreyaning Chung-Ang universiteti stajyori.
2019-yil "El-yurt umidi" jamg'armasi 1-stipendianti bo'lgan va xorijda bepul o'qish uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2019-yil noyabr-dekabr oylarida Fransiyaning Montpellier universiteti ilmiy izlanuvchisi.
2020- yilda “Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari” tanlovida g'olib bo'lgan va diplom bilan taqdirlangan.
2021-yilda matematika sohasidagi doktorantlar o'rtasida o'tkazilgan "Eng yaxshi ilmiy ma'ruza" tanlovida sovrinli 3- o'rinni egallab pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.