MATEMATIKA HAMMA ANIQ FANLARGA ASOS. BU FANNI YAXSHI BILGAN BOLA AQLLI, KENG TAFAKKURLI BO‘LIB O‘SADI, ISTALGAN SOHADA MUVAFFAQIYATLI ISHLAB KETADI.
KIM MATEMATIKANI BILMASA, HAQIQATNI BILMAYDI. KIM UNI TUSHUNMASA ZULMATDA YASHAYDI.
MATEMATIKANING ASOSIY VAZIFASI BIZNI O’RAB TURGAN TARTIBSIZLIKLARDA YASHIRINGAN TARTIBNI TOPISHDAN IBORAT.
JUMAYEV JONIBEK JAMOLOVICH
Jumayev Jonibek Jamolovich, 1989-yil 5-dekabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Rabotigardi qishlog’ida tug’ilgan. Millati o’zbek.
Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori.
O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat va Respublika olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
1996-yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilindi.
2006-2007 o’quv yilida 10-sinflar o’rtasida o’tkazilgan Matematika olimpiadasi tuman va viloyat bosqichlarida 1-o’rinni egallagan.
2007-2008 o‘quv yilida Buxoro Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika yo‘nalishining talabasi.
2011-2012 o‘quv yilida Buxoro Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistranti.
2018-2021 o‘quv yilida Buxoro Davlat Universiteti Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtissosligi tayanch doktoranti.
2021 yil tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan akademik T.A. Sarimsoqov stipendiyasi sovrindori.
2021 yil 6 iyulda 01.01.02-differensial va matematik fizika tenglamalari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/30.2019.FM.02.01 raqamli kengashda muvoffaqiyatli himoya qilgan.
Hozirgi kunga qadar J. Jumayev Scopus, Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 4 ta, mahalliy jurnallarda 5 ta maqola, 15 ta respublika va xalqaro konferensiyalarda tezislar, 1 ta monografiya chop etgan.