SHERMATOVA ZARINA HAKIM QIZI

          Shermatova Zarina 1991 yil 26 dekabrda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

        2009 yilda imtihon asosida eng yuqori ball bilan ta’limning byudjet shakli asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan, 2013-yilda bakalavr bosqichini tamomlab, universitetning magistratura bosqichiga imtiyozli qabul qilingan. O‘qish bilan bir qatorda 2010-2011, 2011-2012 o‘quv yillarida universitetda, 2011 yilda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiadalarda qatnashib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

  • 2010-2011, 2011-2012 o‘quv yillarida O‘zMU stipendianti;
  • 2011-2012 o‘quv yilida Qori-Niyoziy stipendianti;
  • 2012-2013 o‘quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lgan.

2015-2018 yillarda Qarshi Davlat Universitetining Fizika-matematika fakultetida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan.

2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining tayanch doktoranti bo‘lgan.

2021 yilda Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining Akademik T.A.Sarimsoqov nomli stipendiya tanlovining g‘olibi bo‘lgan.

Hozirda akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich rahbarligida zamonaviy matematikaning noassotsiativ algebralar sohasi bo‘yicha ilmiy ish bilan shug‘ullanmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida olgan natijalari 15 dan ortiq xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarda nashr etilgan.

Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiya va anjumanlarda  ishtirok etib,  40 dan ortiq diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan.