FAYZULLAYEV OTABEK BAXTIYAR O‘G‘LI

Fayzullayev Otabek Baxtiyar o‘g‘li, 2001-yil 4-oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xojayli tumanida tug‘ilgan.

2019 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakultetiga oqishga kirgan.

2008-yil Xojayli tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi Olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

2013-2014 o‘quv yilida 6-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan.

2014-2015 o‘quv yilda 7-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida va viloyat bosqichida 1-o‘rinlarni egallab, Qoraqalpog‘iston Respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan.

2019-yilda Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti mezbonlik qilgan Xalqaro Sibir olimpiadasida (SMC) kumush medalni qo'lga kiritdi;

2020-2021-yillarda matematika fanidan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika olimpiadasi ishtirokchisi;

2021 yil "Open Mathematical Olympiad for University Students” xalqaro olimpiadasi bronza medali sohibi;

2021-yilda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Akademik Qori Niyoziy olimpiadasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2021-yilda akademik T.A.Sarimsoqov stipendiyasi sohibi bo‘ldi.