EGAMBERDIYEV MANSUR BOTIR O‘G‘LI

Egamberdiyev Mansur Botir o‘g‘li, 2003-yil 2-sentyabrda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.

2010-yil Boyovut tumanidagi  22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat Olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

2014-2015 o‘quv yilida 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining  tuman bosqichida  1-o‘rinni egallagan.

2015-2016 o‘quv yilida 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-o‘rinni, shahar bosqichida  2-o‘rinni egallagan.

2016-2017 o‘quv yilida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-o‘rinni, shahar bosqichida 2-o‘rinni egallagan.

2017-2018 o‘quv yilida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-orinni, shahar bosqichida  2-orinni egallagan va shu yili o`tkazilgan “Innovatsion olimpiadasi”da tuman va shahar bosqichlarida 1-orinni egallab respublika bosqichida faol ishtirok etgan.

2018-2019 o‘quv yilida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichlarida 1-orinni egallagan. Elementary Mathematics International Contest olimpiadasiga O‘zbekiston terma jamoasiga saralashning birinchi bosqichida 1-orinni egallab keyingi boqichga yo‘l olgan. Shu yili Sirdaryoning o‘zida o‘tkazilgan BMO, “Sirdaryo bilimdoni” , “AL-XORAZMIY izdoshlari” va boshqa turli xil olimpiadalarda faxrli 1-orinni olgan.

2020-2021 o‘quv yilida 11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-orinni, shahar bosqichida 2-orinni egallagan. “IZHO-2021” olimpiadasida faol ishtirok etgan. Shu yilgi “IMO-2021” olimpiadasiga saralashning 1-2-bosqichlaridan o‘tib so`nggi 3-bosqichda “To`p-10” talikka kirgan. KHWARIZMI INTERNATIONAL SCHOOL OF OLYMPIADS tomonidan o‘tkazilgan matematika olimpiadasida 1-orinni egallagan.

2021-yil Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakultetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan.