MATEMATIKA HAMMA ANIQ FANLARGA ASOS. BU FANNI YAXSHI BILGAN BOLA AQLLI, KENG TAFAKKURLI BO‘LIB O‘SADI, ISTALGAN SOHADA MUVAFFAQIYATLI ISHLAB KETADI.
KIM MATEMATIKANI BILMASA, HAQIQATNI BILMAYDI. KIM UNI TUSHUNMASA ZULMATDA YASHAYDI.
MATEMATIKANING ASOSIY VAZIFASI BIZNI O’RAB TURGAN TARTIBSIZLIKLARDA YASHIRINGAN TARTIBNI TOPISHDAN IBORAT.
YAZDONOV DONIYOR ELMUROD O‘G‘LI
Yazdonov Doniyor Elmurod o‘gli, 2000-yil 3-fevralda Samarqand viloyati Tayloq tumanida ziyolilar oilasida tug’ilgan. Millati -o’zbek.
2006-yil Tayloq tumanidagi 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindi. O’qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman va viloyat olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2011-2012 o‘quv yilida 6-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida 2- o‘rinni egallagan.
2012-2013 o‘quv yilida 7-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida 2- o‘rinni egallagan.
2013-2014 o‘quv yilida 8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan va Viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.
2014-2015 o‘quv yilida 9-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida 1- o‘rinni egallagan va Viloyat bosqichida ham 1-o‘rinni egallagan. Shu yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan Lomonosov olimpiadasida ham ishtirok etgan.
2015- yilda maktabni a’lo baholarga tamomlab Samarqand va servis instituti litseyiga imtihonlarsiz o’qishga qabul qilingan.
2016-yili Toshkentda bo’lib o’tgan Lomonosov olimpiadasida qatnashib diplom bilan taqdirlandi.
O‘sha yilning o‘zida litseyda tashkil etilgan fan klub azosiga aylandi. 2016-2017 o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan akademik litsey va kollejlar 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasining viloyat boqichida Matematika fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2017-yil yanvar oyida Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan 13-Xalqaro Jautikov olimpiadasida qatnashib diplom bilan taqdirlandi. Shu yilning iyul oyida Respublika XMO saralashida kuchli oltitalikka kirib, Braziliyaning Rio-De-Janero shahrida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etdi va faxrli diplom bilan taqdirlandi.
2017-2018 o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan akademik litsey va kollejlar 3-bosqich o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasining viloyat boqichida Matematika fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2018-yil yanvar oyida Qozog’istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida qatnashib bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu yilning iyul oyida esa Respublika XMO saralashida 1-o’rinni olgani uchun Ruminiyada bo‘lib o‘tgan 59-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etdi.
2018-yilda O‘zbekiston Milliy universitetiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan. 2018-yilda ilk marotaba talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy Xalqaro Matematika olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2018-yilda Rossiyaning ITMO Universiteti tomonidan o‘tkazilgan 3-Xalqaro Matematika olimpiadasida faxrli 1- o‘rinni egallagan.
2019-yilda bo’lib o’tgan Qori Niyoziy nomidagi olimpiadasida faxrli 1- o‘rinni egalladi. Shu yili Rossiyaning ITMO universiteti tomonidan o’tkazilgan 4-Xalqaro Matematika olimpiadasida ishtirok etdi.
2020- yilda Turmaniston Universiteti tomonida o’tkazilgan Xalqaro Matematika olimpiadasida bronza qo’lga kiritgan. Shu yilning mart oyida Kavkazda bo’lib o‘tgan 5-Xalqaro Kavkaz Matematika olimpiadasida shogirdlari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 2020-yilda talabalar o‘rtasida eng nufuzli hisoblangan IMC Xalqaro olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan.