МАТЕМАТИКА - ОСНОВА ВСЕХ ТОЧНЫХ НАУК. РЕБЕНОК, ХОРОШО ЗНАЮЩИЙ ЭТУ НАУКУ, ВЫРАСТАЕТ УМНЫМ, С ШИРОКИМ КРУГОЗОРОМ. УСПЕШНО СМОЖЕТ РАБОТАТЬ В ЛЮБОЙ СФЕРЕ.
ТОТ, КТО НЕ ЗНАЕТ МАТЕМАТИКИ, НЕ ЗНАЕТ ИСТИНЫ. ТОТ, КТО ЭТОГО НЕ ПОНИМАЕТ, ЖИВЕТ ВО ТЬМЕ.
ОСНОВНАЯ ЗАДАЧА МАТЕМАТИКИ - НАЙТИ ПОРЯДОК, СКРЫТЫЙ В ОКРУЖАЮЩЕМ НАС ХАОСЕ.
AZIZOV AZIZXON NODIRXON O’G’LI
1993-yil 25-oktabrda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida tug`ilgan.
2000-yil Marg`ilon shahar 1-umumiy o`rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. 2007-yildan Marg`ilon shahar 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o`qishni davom ettirgan. 2009-yilda Farg`ona shahar 1-sonli akademik litseyga o`qishga kirgan. Maktab va litsey davrida matematika va fizika fanlaridan turli olimpiadalarda faxrli o’rinlarni qo`lga kiritgan. Litseyni 2012-yilda muvafaqqiyatli tamomlab, O`zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakultetiga o`qishga kirgan.
2013-yilda O`zbekiston Milliy universiteti stipendiyasi sohibi. 2016-yilda O`zbekiston Milliy universiteti matematika fakultetida magistratura bosqichida o`qishni davom ettirgan.
2018-yilda magistraturani tamomlab, matematika fakulteti algebra va funksional analiz kafedrasiga tayanch doktoranturaga o`qishga kirgan.
2021-yilda 01.01.01 – Matematik analiz mutaxassisligi bo’yicha PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.
2020-yil tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan akademik T.A.Sarimsoqov stipendiyasi sohibi.
2021-yilda Matematika instituti va Qori-Niyoziy fondi hamkorligida o’tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” onlayn tanlovining 1-o’rin sohibi.