МАТЕМАТИКА - ОСНОВА ВСЕХ ТОЧНЫХ НАУК. РЕБЕНОК, ХОРОШО ЗНАЮЩИЙ ЭТУ НАУКУ, ВЫРАСТАЕТ УМНЫМ, С ШИРОКИМ КРУГОЗОРОМ. УСПЕШНО СМОЖЕТ РАБОТАТЬ В ЛЮБОЙ СФЕРЕ.
ТОТ, КТО НЕ ЗНАЕТ МАТЕМАТИКИ, НЕ ЗНАЕТ ИСТИНЫ. ТОТ, КТО ЭТОГО НЕ ПОНИМАЕТ, ЖИВЕТ ВО ТЬМЕ.
ОСНОВНАЯ ЗАДАЧА МАТЕМАТИКИ - НАЙТИ ПОРЯДОК, СКРЫТЫЙ В ОКРУЖАЮЩЕМ НАС ХАОСЕ.
ISMOILOV DONIYOR LAZIZJONOVICH
Ismoilov Doniyor Lazizjonovich, 2004-yil 9-sentabr kuni Buxoro viloyati Qorako’l tumani Qoraun qishlog’ida tug’ilgan. Millati o’zbek.
O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat va Respublika olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2010-yil Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 48-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilindi.
2014-yilda Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatiga 5-sinfga qabul qilindi.
2014-2015 o’quv yilida 5-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” olimpiadasining tuman va viloyat bosqichlarida 1-o’rinni egallagan.
2017-yil Turkmaniston Respublikasida iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilgan yozgi oromgoh ishtirokchisi.
2017 - yilda Hindistonning Lakhnaw shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Matematika Musobaqasida(IMC) yakka tartibda oltin medal va jamoaviy tartibda kumush medalni qo’lga kiritdi.
2018 - yilda Bolgariyaning Burgas shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Matematika Musobaqasida(IMC) yakka tartibda oltin medal va jamoaviy tartibda kumush medalni qo’lga kiritdi.
2018-2019 o’quv yilida Xorazm viloyatida ashkil etilgan “Innovatsion Olimpiada-2018” olimpiadasining raespublika bosqichida oltin medalni qo’lga kiritdi.
2018 - yilda Ozarbayjonning Baku shahrida bo’lib o’tgan “II Yoshlarni lobaratoriyaga tayyorlash” olimpiadasida yakka tartibda kumush medal va jamoaviy tartibda 2-o’rinni oldi.
2019-yil Prezidentimiz tomonlaridan “MARD O‘G‘LON” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
2020-yil yanvar oyida Sank-Peterburg Universitetining “3-ming yillik” Internet olimpiadasining viloyat bosqichidan o‘tib 24-fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va unga qatnashib 12 ta davlat ichida uchinchi o‘rinni oldi.
2021-yilda 9-15 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida online bo‘lib o‘tgan Xalqaro Jautikov Olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘ldi.
2021- yilda online tarzda o’tkazilgan “International Caucasus Olimpiad” da bronza medalni qo’lga kiritdi.
2021-yilda 61-Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO)da qatnashib faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti Matematika yo‘nalishining talabasi.