МАТЕМАТИКА - ОСНОВА ВСЕХ ТОЧНЫХ НАУК. РЕБЕНОК, ХОРОШО ЗНАЮЩИЙ ЭТУ НАУКУ, ВЫРАСТАЕТ УМНЫМ, С ШИРОКИМ КРУГОЗОРОМ. УСПЕШНО СМОЖЕТ РАБОТАТЬ В ЛЮБОЙ СФЕРЕ.
ТОТ, КТО НЕ ЗНАЕТ МАТЕМАТИКИ, НЕ ЗНАЕТ ИСТИНЫ. ТОТ, КТО ЭТОГО НЕ ПОНИМАЕТ, ЖИВЕТ ВО ТЬМЕ.
ОСНОВНАЯ ЗАДАЧА МАТЕМАТИКИ - НАЙТИ ПОРЯДОК, СКРЫТЫЙ В ОКРУЖАЮЩЕМ НАС ХАОСЕ.
TO‘RAYEV JAHONGIR HUSNIDDIN O‘G‘LI
To‘rayev Jahongir Husniddin o‘g‘li 2002-yil 26-yanvarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
2008-yil Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-IDUMning 2-sinfiga qabul qilindi.
O’qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, 2011-2015-yillarda 4 marotaba Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-o’rinni qo‘lga kiritgan.
2015-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Matematika Musoboqasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi saralashida 1-o‘rinni oldi va Xitoyda xalqaro musoboqada individual tarizda kumush medal va terma jamoa safida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2016-yilda Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirdi.
2017-2018 o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan akademik litsey va kasb-hunar kollej 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasining viloyat bosqichida Matematika fani bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2018-2019 o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan akademik litsey va kasb-hunar kollej 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasining viloyat bosqichida Matematika fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2019-yil Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan 60-Xalqaro Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashib yurtimiz shanini munosib himoya qildi.
2019-yil O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti Matematika yo‘nalishiga o’qishga kirdi.
Talabalik davrida ham turli respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalarga qatnashdi. Jumladan, 2020-yil mart oyida onlayn o‘tkazilgan Turkmaniston Ochiq Matematika olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2020-yil universitet talabalari o‘rtasidagi olimpiadalar ichida nufuzi eng yuqori hisoblanadigan 27-IMC (Xalqaro Matematika Olimpiadasi) ilk bora onlayn tarzda o‘tkazildi va ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
2021-yilda Rossiyaning ITMO universiteti tomonidan o‘tkazilgan NCUMC olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
2021-yilda "Turkmanistan open mathematical olympiad for University Students" olimpiadasida kumush, jamoaviy ham bronza medalni qo‘lga kiritdi.
2021-yil universitet talabalari o‘rtasidagi olimpiadalar ichida nufuzi eng yuqori hisoblanadigan 28-IMC (Xalqaro Matematika Olimpiadasi)da kumush medalni qo‘lga kiritdi.
2021-yilda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Akademik Qori Niyoziy olimpiadasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2021-yilda akademik T.A.Sarimsoqov stipendiyasi sohibi bo‘ldi.