MATEMATIKA HAMMA ANIQ FANLARGA ASOS. BU FANNI YAXSHI BILGAN BOLA AQLLI, KENG TAFAKKURLI BO‘LIB O‘SADI, ISTALGAN SOHADA MUVAFFAQIYATLI ISHLAB KETADI.
KIM MATEMATIKANI BILMASA, HAQIQATNI BILMAYDI. KIM UNI TUSHUNMASA ZULMATDA YASHAYDI.
MATEMATIKANING ASOSIY VAZIFASI BIZNI O’RAB TURGAN TARTIBSIZLIKLARDA YASHIRINGAN TARTIBNI TOPISHDAN IBORAT.
SAMATBOYEVA MAFTUNA TULQINJON QIZI
Samatboyeva Maftuna Tulqinjon qizi, 2000-yil 19-fevralda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.
2016-yil Jomboy tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindi va 9 yil ushbu maktabda tahsil oldi. O‘qish mobaynida bir nechta fanlardan maktab ichki olimpiadalarida va turli sport turlaridan maktab ichki chempionatlarida munosib qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 7-8-9-sinfligida 2012-2013, 2013-2014, 2014-2015 o‘quv yillaridagi “Bilimlar bellashuvi”da matematika fanidan tuman bosqichida 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan. 2015-yil maktabni a’lo baholarga tugatgach imtiyozli ravishda Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti qoshidagi akademik litseyining aniq fanlar yo‘nalishiga qabul qilindi.
2017-2018-yillar aprel oyida M.V. Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida o‘tkazilgan “Lomonosov-2017” va “Lomonosov-2018” turnirlarida ketma-ket ikki marotaba matematika fani bo‘yicha ishtirok etib, II darajali diplomlar sohibasi bo‘lgan. 2017-2018 yil yanvar oyida Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan 13-14-Xalqaro Jautikov olimpiadasida matematika fanidan qatnashib, birinchi yilda maxsus sertifikatni, ikkinchi yilda kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2018-yil Shimoliy Kavkaz Federal Universiteti tomonidan o‘tkazilgan “45 parallel” olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2017-2018 o‘quv yilidagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari fan olimpiadasida viloyat bosqichida matematika fani bo‘yicha qatnashib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichida faxrli qatnashdi. 2018 yil aprel, may oylarida ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan viloyat va Respublika saralash olimpiadasida qatnashib olti kishilik O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi va olimpiadalar ichida eng nufuzli hisoblangan Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida bo‘lib o‘tgan 101 ta davlat o‘quvchilari ishtirok etgan 59-Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO-2018 International Mathematical Olympiad) da qatnashib, sertifikatni qo‘lga kiritdi. So’ngra 2018-yil 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi va imtiyoz asosida O‘zbekiston Milliy Universitetining Matematika (Mexanika-matematika) fakulteti matematika yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi.
Milliy Universitetda Sh.Xursanov, B.Qurbonboyev qo‘l ostida olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Buning natijasida, 2018-2019 yillar ketma-ket ikki marotaba (ham yakka, ham jamoaviy tarzda) noyabr oylarida Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil qilingan va ilk bora o‘tkazilgan al-Xorazmiy Xalqaro Matematika olimpiadasida reyting hisobida kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2019-yil Respublika miqyosida, iqtidorli talabalar o‘rtasidagi akademik Qori Niyoziy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan, uchinchi Qori Niyozov olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2019-2021 yillarda ketma ket Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg Axborot texnologiyalari, Mexanika va Optika Milliy tadqiqot Universiteti (ITMO University) tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro NCUMC (North countries Universities Mathematical competition) olimpiadasida ishtirok etib kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2021-yil Prezidentimizning matematika sohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika matematika fani olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2020-2021 yillarda Turkmaniston Gumanitar va Rivojlanish Xalqaro Universiteti tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro 3rd-4th Open Mathematical Olympiad nomli olimpiadasida ishtirok etib ikki marotaba (ham yakka, ham jamoaviy tarzda) oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2019-2020 o‘quv yilida akademik T.A.Sarimsoqov stipendiyasi sohibasi bo‘ldi. So’ngra, 2020-2021 yillar mobaynida, talabalar o‘rtasidagi olimpiadalar ichida eng nufuzli hisoblangan Bolgariyaning Blagoyevgograd shahrida o‘tkaziladigan, bunda jahonning 55 dan ortiq davlatlari qatnashadi, 27-28-Xalqaro Matematika Olimpiadasi (27-28th IMC-International Mathematical Competition) da qatnashib kumush va oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, 2018-2019, 2019-2020 va 2020-2021 o‘quv yillarini a’lo baholar bilan tugatdi. Shu kunlarda, PhD R.Turdiboyev bilan “Coodinate ring of Calogero-Moser space” mavzusida ilmiy faoliyatni olib boryapdi. Shu yillar davomida matematika sohasida “Fizika, Matematika, Informatika“, Rossiyaning “Интернаука”, Xalqaro “Развитие Современной Науки: Теоретические Прикладные Аспекты”, “Молодой учений”, “Euroasian Journal of mathematical theory and computer science“, “Экономика и социум” Polshaning “Polish science journal“, Amerikaning ,,American journal of applied sciences“ jurnallarida ilmiy maqolalari chop qilingan.
Matematikada olgan bilimlarini ulashish maqsadida 2020-2021 yillarda “Khan Academy” o‘zbek jamoasida o‘z faoliyatini olib bordi. Oliy matematikadagi chiziqli algebra va differensial tenglamalar fanidan ko‘plab video darslar yaratdi. Bu darsliklar xozirda onlayn platformaga joylangan bo‘lib, ko‘plab matematikaga qiziquvchi yoshlar tomonidan keng foydalanilmoqda.