MATEMATIKA HAMMA ANIQ FANLARGA ASOS. BU FANNI YAXSHI BILGAN BOLA AQLLI, KENG TAFAKKURLI BO‘LIB O‘SADI, ISTALGAN SOHADA MUVAFFAQIYATLI ISHLAB KETADI.
KIM MATEMATIKANI BILMASA, HAQIQATNI BILMAYDI. KIM UNI TUSHUNMASA ZULMATDA YASHAYDI.
MATEMATIKANING ASOSIY VAZIFASI BIZNI O’RAB TURGAN TARTIBSIZLIKLARDA YASHIRINGAN TARTIBNI TOPISHDAN IBORAT.
QUROQBOEV SHOHZOD IBODULLAEVICH
Quroqboev Shohzod Ibodullaevich 1999-yil 16-noyabrda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
2006-yil Samarqand shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindi va 5 yil ushbu maktabda tahsil olgan. O‘qish mobaynida bir nechta fanlardan maktab ichki olimpiadalarida munosib qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2012-yil 2-sentyabrdan Samarqand shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida 6-sinfdan o‘qishni davom ettira boshlagan.
2012-2013 o‘quv yilida 7-sinflar o‘rtasida fizika fanidan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasining shahar bosqichida 1-o‘rinni egallagan.
2013-2014 o‘quv yilida 8-sinflar o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasining shahar bosqichida 1-o‘rin va viloyat bosqichida 3-o‘rinni egallagan.
2014-2015 o‘quv yilida 9-sinflar o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasining shahar bosqichida 1-o‘rin va viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.
2015-yil maktabni a’lo baxolarga tugatgach imtiyozli ravishda Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyning aniq fanlar yo‘nalishiga qabul qilingan.
2017-yil yanvar oyida Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Jautikov olimpiadasida sertifikat bilan taqdirlandi.
2017-yil o‘tkazilgan Samarqand viloyati Matematika Fan Klubi olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi.
2017-yil mart oyida matematika fanidan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasining Samarqand viloyati bosqichida 3-o‘rinni egalladi.
2017-yil aprel oyida o‘tkazilgan 58-Xalqaro Matematika olimpiadasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan.
2017-yil sentyabr oyida O‘zbekiston Milliy Universiteti tomonidan tashkillashtirilgan "Yosh matematiklar" Respublika ochiq olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi.
2018-yil yanvar oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlandi.
2018-yil aprel oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan "Lomonosov-2018" matematika olimpiadasida diplom bilan taqdirlandi.
2018-yil aprel oyida Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan "45-parallel" Xalqaro Matematika olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi.
2018-yil iyul oyida Ruminiya davlatida bo‘lib o‘tgan olimpiadalar ichida eng nufuzli hisoblangan 59-Butunjahon Matematika olimpiadasida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
2018-yil O‘zbekiston Milliy Universitetining Matematika fakultetiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilindim. Milliy universitetda Shohruh Xursanov qo‘l ostida olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.
2018-yil oktyabr oyida Xorazm viloyatida talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Al-Xorazmiy nomidagi birinchi Xalqaro Matematika olimpiadasida kumush medal bilan taqdirlandi.
2018-yil noyabr oyida Rossiyaning Novosibirsk Davlat Universiteti tomonidan talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Sibir Xalqaro Olimpiadasida yakkalik hisobda kumush medal bilan, jamoaviy hisobda oltin medal bilan taqdirlandi.
2019-yil noyabr oyida Rossiyaning Novosibirsk Davlat Universiteti tomonidan talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Sibir Xalqaro Olimpiadasida jamoaviy hisobda bronza medali bilan taqdirlandi.
2019-yil Rossiyaning Sankt-Peterburg Davlat Universiteti tomonidan tashkil qilingan “6-NCUMC” Xalkaro Matematika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi.
2019-yil talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Qori-Niyoziy olimpiadasida sertifikat bilan taqdirlangan. Joriy yilda Bo’ka shahrida tashkil etilgan matematika olipiadasida hakam sifatida ishtirok etdi.
2020-yil mart oyida Turkmaniston davlatida tashkil etilgan uchinchi Xalqaro Matematika olimpiadasida yakkalik va jamoaviy hisoblarda bronza medallari sohibi bo‘ldi.
2020-yil iyun oyida talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Respublika Matematika olimpiadasida sertifikat bilan taqdirlandi.
2020-yil iyul oyida Bolgariya davlatida tashkil etilgan talabalar o‘rtasidagi olimpiadalar ichida eng nufuzlisi hisoblangan 27-Xalqaro Matematika Musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2020-yil may oyida talabalar o‘rtasida tashkil qilingan “Masofaviy matematika – 2020” olimpiadasida 3-o‘rinni egallab, 1 000 000 so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandi.
2020-yil avgust oyida matematika ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun ta’sis etilgan akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiyasi sovrindori bo‘ldim.
2020-yil sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning “The Open University” universiteti tomonidan tashkil etilgan “Geometry” kursini muvaffaqqiyatli tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2020-yil oktyabr oyida AQSHning “Saylor Academy” akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Algebra” kursini muvaffaqqiyatli tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2020-yil dekabr oyida talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Qori-Niyoziy olimpiadasida 2-o‘rinni egalladim.
2020-yil bir qancha Xalqaro konferensiyalar, shu jumladan “Volunteers Forum-2020”, “Intercontinental Youth Online Conference-4”, “ U-Leader Academy” da ishtirok etdi.
2021-yil yanvar oyida o‘quvchilarni ingliz tilidan bilim darajasini aniqlovchi IELTS imtixonida 7 (C1 daraja) ballni qo‘lga kiritdim.
2021-yil aprel oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg Davlat Universiteti tomonidan tashkil qilingan “7-NCUMC” Xalqaro Matematika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi.
2021-yil may oyida Turkmaniston davlatida tashkil etilgan to‘rtinchi Xalqaro Matematika olimpiadasida yakkalik hisobda oltin medal bilan, jamoaviy hisobda kumush medal bilan taqdirlandi.
2021-yil iyun oyida talabalar o‘rtasida tashkil qilingan Respublika Matematika olimpiadasida sertifikat bilan taqdirlandi.
2021-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan "Good do kongressa" Matematika olimpiadasida g‘olib bo‘lganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2021-yil iyul oyida ICTP (International Centre for Theoretical Physics, Italy) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Ergodiklik nazariyasi va Dinamik sistemalar" yozgi maktabida ishtirok etdi va ushbu maktab tomonidan tashkil etilgan olimpiada g‘olibi bo‘ldim.
2021-yil avgust oyida Bolgariya davlatida tashkil etilgan talabalar o‘rtasidagi olimpiadalar ichida eng nufuzlisi hisoblangan 28-Xalqaro Matematika Musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi va shu sababli O'zbekiston Milliy universititet rektori I.U. Majidov va Oliy va o'rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov tomonidan maxsus tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.