МАТЕМАТИКА - ОСНОВА ВСЕХ ТОЧНЫХ НАУК. РЕБЕНОК, ХОРОШО ЗНАЮЩИЙ ЭТУ НАУКУ, ВЫРАСТАЕТ УМНЫМ, С ШИРОКИМ КРУГОЗОРОМ. УСПЕШНО СМОЖЕТ РАБОТАТЬ В ЛЮБОЙ СФЕРЕ.
ТОТ, КТО НЕ ЗНАЕТ МАТЕМАТИКИ, НЕ ЗНАЕТ ИСТИНЫ. ТОТ, КТО ЭТОГО НЕ ПОНИМАЕТ, ЖИВЕТ ВО ТЬМЕ.
ОСНОВНАЯ ЗАДАЧА МАТЕМАТИКИ - НАЙТИ ПОРЯДОК, СКРЫТЫЙ В ОКРУЖАЮЩЕМ НАС ХАОСЕ.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteda “Globallashuv davrida matematika va amaliy matematikaning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy amaliy anjumani oʼtkazildi.
Аnjumandan koʼzda tutilgan asosiy maqsad mamlakatimiz oliy oʼquv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlarida matematika va amaliy matematika fanlari oʼqitilishi sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishish va oʼzaro tajriba almashishdir.
Tadbirda turli sohalardagi masalalarni yechishda amaliy matematika usullari, matematik modellarining qoʼllanilishi va ularning ilmiy izlanishlardagi, innovatsion gʼoyalarni amalga oshirishdagi tadbiqlari bilan tanishildi. Respublika miqyosidagi oliy oʼquv yurtlarida xorijlik yetakchi olimlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar va izlanishlardan amaliyotda foydalanish, yoshlarni ilmiy tadqiqot ishariga keng jalb qilish xususida soʼz yuritildi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlardagi barcha OTMlardan algebra va analiz, differensial tenglamalar va dinamik sistemalar, matematikaning amaliy tadbiqlari va oʼqitish metodikasi yoʼnalishlarida 600 dan ortiq mualliflardan 500 ga yaqin materiallar tashkiliy qoʼmitaga kelib tushdi. Dasturiy qoʼmitaning taqrizidan oʼtgan 300 dan ortiq materiallar anjuman dasturiga kiritildi.