AKADEMIK T.A.SARIMSOQOV NOMIDAGI STIPENDIYA SOVRINDORLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qaroriga muvofiq Matematika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya ta’sis etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan stipendiyaga munosib nomzodlar belgilangan tartibda saralab olindi.

Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi va miqdori quyidagicha belgilandi:
- 5 nafar bakalavriat - 10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan;
- 5 nafar magistrant - 10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan;
- 5 nafar tayanch doktorantga - 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘m.

2021-2022 o‘quv yilida Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyaga nomzod sifatida tanlovda qatnashish uchun respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalardan bakalavriat bo‘yicha 48 nafar, magistratura bo‘yicha 8 nafar talabgor hujjat taqdim etdi. Tanlov natjalariga ko‘ra quyidagi talabalar Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindorlari bo‘lishdi.

Bakalavriatura bo‘yicha:
1. Axadov Abdushukur O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston milliy universiteti Matematika fakulteti 3- kurs talabasi; 
2. Fayzullayev Otabek Baxtiyar o‘g‘li - Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakulteti 3-kurs talabasi;
3. Abdullayev Laziz O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston milliy universiteti Matematika fakulteti 3- kurs talabasi;
4. Yazdonov Doniyor Elmurod o‘g‘li - O‘zbekiston milliy universiteti Matematika fakulteti 4- kurs talabasi;
5. To‘rayev Jahongir Xusniddin o‘g‘li - O‘zbekiston milliy universiteti Matematika fakulteti 3- kurs talabasi;
  
Magistratura bo‘yicha:
1. Ilyasova Risolat Akmal qizi -  O‘zbekiston Milliy universiteti 2-bosqich magistranti 
2. Ismatov Jahongir Ziyodulla o‘g‘li - Qarshi davlat unversiteti 2-bosqich magistranti

Doktarantura bo'yicha:

--------------------------------------------------------------------------------------------------

2020-2021 o‘quv yilida Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyaga nomzod sifatida tanlovga 20 nafar bakalavriat va 4 nafar magistratura talabalaridan arizalar tushdi. Tanlov natjalariga ko‘ra quyidagi talabalar Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindorlari bo‘lishdi.

Bakalavriatura bo‘yicha:
1. Kurakboyev Shahzod Ibodullayevich-O‘zbekiston Milliy universiteti;
2. Minajiddinov Islam Sharapatdinovich-Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Rajabova Nilufar Komiljanovna-O‘zbekiston Milliy universiteti;
4. Samatboyeva Maftuna Tulqinjon qizi-O‘zbekiston Milliy universiteti;
5. Fayzullayev Bexzot Shuxrat o‘g‘li-Urganch davlat universiteti.

Magistratura bo‘yicha:
1. Ismailov Muhitdin Baxrom o‘g‘li-Urganch Davlat universiteti;
2. Ramazanova Laylo Dehqonboy qizi-O‘zbekiston Milliy universiteti.

Doktarantura bo'yicha: