NORBOEV JAHONGIR JO‘RABEK O‘G‘LI

 

Norboev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li, 2003-yil 12-may kuni  Buxoro viloyati Peshko‘ tumani SHovare qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

2020 yildan O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti Matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi.

2009-yil Buxoro viloyati Peshko‘ tumanidagi 18- umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilingan.

O‘qish mobaynida bir necha bor maktab, tuman, viloyat va Respublika olimpiadalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

2013-2014 o‘quv yilida 5-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida 1-o‘rinni va viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.

2015-2016 o‘quv yilda 7-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining Tuman bosqichida va viloyat bosqichida 1-o‘rinlarni egallab, Respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan.

2016 yil avgust oyida Tayland  Qirolligining CHangmey shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Matematika Musobaqasi(IMC) da qatnashib ikkinchi o‘rinni oldi.

2016-2017 o‘quv yilida “Viloyat Hokimi” stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

2016-2017 o‘quv yilida bilimlar bellashuvining tuman bosqichida 1-o‘rinni, viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni oldi.

2017-2018 o‘quv yilining yanvar oyida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasi tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab viloyat bosqichida ikkinchi o’rinni oldi.

2017-yil yanvar oyida Yaponiya davlatining “SAKURA” ilmiy taqiqot dasturi buyicha 20-yanvardan 30-yanvargacha Yaponiya davlatida o‘qib sertifikat bilan taqdirlandi.

2017-yil Turkmaniston Respublikasida iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilgan yozgi oromgoh ishtirokchisi.

2018-yil Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali tashkil etgan olimpiadada qatnashib faxriy yorliq bilan taqdirlandi.     

2018-yil Xorazm viloyatida Respublika innovatsion olimpiadasi qatnashdi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2018-yil iyul oyida Bolgariyaning Burgas shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasida kumush medal oldi.

2019-yil yanvar oyida Sank-Peterburg Universitetining“ 3-ming yillik” Internet olimpiadasining viloyat bosqichidan o‘tib 24-fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va unga qatnashib 12 ta davlat ichida uchinchi o‘rinni oldi.

10-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 2019-yil Respublika olimpiadasining oxirgi viloyat bosqichida 2-o‘rinni oldi.

Viloyat va Respublika saralash bosqichlarida 1-o‘rinlarni olib, 2019-yil 1-6 avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Durban shaxrida bulib o‘tgan xalqaro matematika musobaqasida kumush medalni oldi.

2019-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi Respublika olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan.

2019-yilda yanvar oyida Sankt-Peterburg universitetining “3 ming yillik” olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi

2020-yilda Moskva fizika-texnika instituti tashkil etgan olimpiadada qatnashib 2-o‘rinni egallab, talabalikka taklif qilingan.

2020-yilda Rossiya milliy yadroviy tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “NIYAU MIFI” nomli xalqaro fizika-matematika olimpiadasiga 1-o‘rinni egalladi.

2020-yilda 8-14 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Jautikov Olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘ldi.

2020-yil 13-14 iyulda bo‘lib o‘tgan 1-Butunjahon Kibermatematika Musobaqasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

2020-yil 21-22 sentyabr kunlari 61-Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO)da qatnashib faxriy yorliq bilan taqdirlandim.

2020-yil Prezidentimiz tomonlaridan MARD O‘G‘LON davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Talabalik davrida ham turli respublika va xalqaro miqyosidagi olimpiadalarga qatnashgan. Jumladan, 2020-yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg Axborot texnologiyalari, Mexanika va Optika Milliy tadqiqot Universiteti (ITMO University) tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro NCUMC olimpiadasida O‘zbekiston Milliy Univesiteti nomidan qatnashib kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2021-yil Open Mathtmatical Olympiad for University Students nomli xalqaro matematika olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdim.

2021-yil universitet talabalari o‘rtasidagi olimpiadalar ichida nufuzi eng yuqori hisoblanadigan 28-IMC (Talabalar o’rtasidagi Xalqaro Matematika Musobaqasi) olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2021-yil dekabr oyida Oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Akademik T.N.Qori-Niyozov nomidagi 7-tanlov”da O‘zMU jamoasi tarkibida ishtirok etib 4-o‘rinni egallagan.