ALI QUSHCHI 1403-yili 17- aprel Samarqandda tavallud topgan. Uning asl ismi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy hisoblanib  XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astranomlaridandir Ali Qushchiga nisbatan  Ulug’bek “farzandi arjumand” sifatida ishonch bildirgan. Ali Qushchi Ulug’bek saroyida ovchi qushlarga qarovchi Muhammad ismli kishining o’g’li bo’lganligi uchun unga Qushchi laqabi berilgan. Ali Qushchi otasidan yetim qolganidan so’ng Ulug’bekning tarbiyasida bo’lgani bois, Ulug’bek uni o’z “Zij”ining so’z boshida “Farzandi arjumand” deya u haqida quydagi fikirlarni bildiradi: “Ammo ittifoqo, farzand arjumand Ali ibn Muhammad Qushchi umrining yosh yillaridan va gullagan yigitlik fasillaridan beri ilm-u fan zamirida ilg’orilab borayapdi va uning tarmoqlari birla mashg’uldir. Qattiq ishonch va muxaqqaq umid bordurki, buning natijasida uning shuhrati yaqin zamonlarda va eng tez onlarda jahonning atrof-u atroflariga va mamlakatlariga yoyilib, tarannum bo’lur.

 Ali Qushchi boshlang’ich bilimlarini Samarqand olimlaridan, matematika va astranomiyaga oid bilimlarini esa Qozizoda Rumiy hamda Ulug’bekdan oladi. Ali Qushchi faqatgina astranomiya ilmi bilan cheklanmasdan falsafaga oid asar ham yozgan. Bu sohadagi olimlarning fikricha, o’shanda 15 yoshga kirgan Ali Qushchining falsafaga oid risolasi huddi shu muammoga bag’ishlangan XIII asrning taniqli olimi Nasiriddin Tusiyning risolasidan o’zining keng qamrovli va chuqur tadqiqoti bilan ajralib turadi. U Ulug’bek observatoriyasini loyixalashtirish va qurishda, uni zamonasining eng yaxshi asboblari bilan jihozlashda faol qatnashib, jonbozlik ko’rsatdi. Bevosita yulduz va sayyoralar xarakatini kuzatdi, ilmi falakkiyotga tegishli xisoblashlarni bajardi.Oqibatda sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ulug’bek unga to’la ishongan va hatto uni 1438-yili Xitoyga elchi sifatida jo’natgan. Safardan qaytgach Xitoy tarixi va jo’g’rofiyasi haqida “Xitoynoma” asarini yozadi. Ali Qushchi 1425-yili “Risola fil hisob” (Hisob haqida risola) asarini yozadi. Bu asar madrasalarda o’quv qo’llanma tarzida qo’llaniladi. Mirzo Ulug’bek vafotidan so’nga rasadxona ishlari to’liq Ali Qushchinig zimmasiga tushdi. Ulug’bekning Samarqanddagi mashhu kutubxonasi havf ostida qoladi. Rivoyatlarga qaraganda Ali Qushchi kutubxonadagi kitoblarni ko’p qismini Samarqand yaqinidagi Xazrati Bashir qishlog’iga ko’chirgan. U bir necha ilmiy risolalar yozdi va Ulug’bek maktabining eng yorqin namoyondasi sifatida kata obro’-e’tibor orttirdi. U Nasiriddin Tusiyning  “Zij”iga yozgan sharhini Sulton Abu Saidga taqdim etganida saroyda tantanali ravishta qabul qilinadi va unga 50 ming dinor hadiya etildi.

 Ko’p o’tmay ta’qiblardan qochish uchun Ali Qushchi Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo’ladi. U avval Karmana va boshqa shaharlarda yashaydi. Bu davrga kelib Turkiya sultoni Muhammad II taraqqiy parvar shaxs bo’lib, o’z atrofiga zamonasining yetuk olimlarini to’playotgan edi. U Ali Qushchini dovrig’ini eshitib uni Turkiyaga taklif qiladi. Ali Qushchi Turkiyaga Sulton Muhammad II taklifiga binoan keladi. Bu voqea to’g’risida  olim o’z risolalarida shunday yozadi: “Sulton meni qabul qilganida uning taklifidan men bilan so’zlashish niyyati bor ekanligi yaqqol ko’rinib turardi. Sulton mendan unga atab ilmi riyoziyotdan kitob yozishimni so’radi. Men Sultondan tabiy fanlarga muhabbat borligini sezdim va qisqa vaqt ichida ilmi riyoziyotdan kichik kitob yozdim”. Olim Sulton sharafiga atab “Kitob al-Muhammad” deb nomlangan riyoziyotga oid risolani yozdi va unga taqdim etdi. Bu ishi uchun u mukofat tariqasida har oyda 200 dirham pul oladigan bo’ldi.

Ali Qushchi 1472-yilda Istanbuldagi Ayya Sofiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlangan. U shundan so’ng riyoziyot, falakkiyot, adabiyot, musiqa va boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. Bu qisqa vaqt ichida ko’plab shogirdlar yetishtirib chiqaradi. Ali Qushchi, uning shogirdlari  va avlodlarining Turkiyada astranomik ilmiy maktablar yaratishdagi xizmati yaxshi ma’lum. U “Zij Ko’ragoniy”ni ko’p nusxada ko’paytirdi va turk tiliga tarjima qildi. Bugungi kunda o’sha  “Zij”ning Ali Qushchi dasxati bilan to’ldirilgan nusxalari deyarli barcha kutubxonalarda saqlanadi. Ali Qushchini buyuk xizmatlaridan yana biri shundaki, u  agarda Mirzo Ulug’bekning “Zij Ko’ragoniy” asarini Turkiyaga olib kelib turk tili va boshqa tillarga tarjima qilib tarqatmaganda edi “Buyuk geografik kashfiyotlar” bu darajada axamiyatli bo’lmas edi. Chunki XVI-XVII asrlarda yangi dengiz yo’llari kashf qilinayotgan vaqtda yulduzlarning aniq jadvaliga ehtiyoj nihoyatda katta bo’lgan. Bu “Buyuk geografik kashfiyotlar” natijasida Xritafor Kalumb, Amerigo Vespuchchi, Magellan va boshqa sayyohlar insoniyatga ma’lum bo’lmagan geografik hududlarni kashf qilgan. Aynan shu davrga kelib Mirzo Ulug’bek yulduzlarni aniq jadvalini tuzishga muvaffaq bo’lgan edi. Bu asar “Zij Ko’ragoniy” bo’lib, u Ali Qushchining  xizmatlari o’laroq  butun dunyoga tarqalgan edi. Ali Qushchini bizgacha yigirmadan ortiq asari yetib kelgan. Jumladan, uning “Risolai qusur” (“Kasirlar risolasi”), “Sharqi Miftoh al-ulumi Taftazoniy” (“Taftazoniyning “Miftohal-ulum”ining sharxi”),  “Risola dar ilmi hay’at” (“Astranomiya ilmi haqida risola”) kabi asrlari matematika, astranomiya fanlarining rivojida katta ahamiyat kasb etadi. Yurtimizning buyuk matematik va astranomlaridan biri Ali Qushchi  1474-yili Turkiyada vafot etadi.